O‘quv-seminar O‘zDJTUda bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasining topshirig‘iga asosan, 2025-yil 10-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-173-son Farmonining 8-bandida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida “Oliy o‘quv yurtlarining mas’ul xodimlari” uchun o‘quv-seminar O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bo‘lib o‘tdi.

Seminar Toshkent shahar statistika boshqarmasi mas’ullari tomonidan tashkil etilib, unda barcha fakultet dekanlari hamda fakultet tyutorlari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida Farmon ijrosiga oid ustuvor vazifalar, statistik ma’lumotlarni shakllantirishda aniqlik va mas’ullikni oshirish, shuningdek, mas’ul xodimlarning malakasini takomillashtirishga doir masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilarga zarur metodik ko‘rsatmalar berildi va keyingi bosqichlarda amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube