O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash a’zolari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Unda Kengashlarning o‘tgan yildagi faoliyati sarhisob qilinib, erishilgan natijalar hamda kelgusi yil uchun ustuvor vazifalar muhokama etildi.

Yig‘ilish davomida ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada takomillashtirish, ilmiy nashrlar soni va sifatini oshirish, doktorantlar hamda mustaqil izlanuvchilarning ilmiy faoliyatini tizimli qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ilmiy sohada akademik halollik tamoyillariga qat’iy rioya etish, tadqiqot natijalarini amaliyotga keng joriy qilish, universitetning ilmiy salohiyatini oshirish hamda yosh olimlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Yig‘ilish yakunida kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlar asosida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube