27-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Kengashining navbatdagi 11-son yig’ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Dastur avvalida O‘zDJTU O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor M.Chutpulatov tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni, Qaror, Farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qaror, Farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hayʼat qarorlari va buyruqlari, universitet tomonidan bajariladigan vazifalar hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati, Kengash qarorlarining bajarilishi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, A.Navoiy va Islom Karimov Davlat stipendiyasiga universitet talabalari tarkibidan nomzodlarni tavsiya etish masalalari to‘g‘risida hisobot berildi. 
An’anaga muvofiq, yig’ilish davomida Filologiya fakulteti Ingliz tili nazariy fanlar kafedrasi oʻqituvchisi Z.Xaitqulovga “10.00.01 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi” ixtisosligidan filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi diplomni olganligi bilan tabriklab, noutbuk topshirildi. 
 
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirligi “CAVA U18 Volleyball Chempionship-2024” musobaqasini belgilangan xalqaro normalar asosida tashkil etilishida va mehmon jamoalar aʼzolariga munosib xizmatlari uchun Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Madaminovichga tashakkurnoma va esdalik sovg’asi qabul qilib olindi. 

Shuningdek, 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan O‘zDJTU kopirayteri, kontent-menedjerlari va fakultetlarga biriktirilgan barcha matbuot kotiblariga samimiy tabrik bildirilib, tashakkurnomalar taqdim etildi. Bundan tashqari, universitetning mazkur matbuot xizmati xodimlari bazaviy stipendiyaning ikki baravari miqdorida moddiy rag‘batlantirilishi ma’lum qilindi.

2024-07-06 11-35

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi