Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti va Janubiy Koreyaning Keimyung universiteti vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Dasturda Keimyung universiteti Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektori Dr. Seon Jung Kim, Osiyo masalalari boʻyicha professor Prof. Sun Jin Park, loyiha koordinatori Dae Eun Kim, OʻzDJTU Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor A. Nasirov, Sharq filologiyasi fakulteti dekani D. Djurayev, Ingliz tili 1-fakulteti dekani G. Ergasheva, Xalqaro hamkorlik boʻlimi mutaxassisi M.Ogay va Sharq filologiyasi fakulteti koreys tili oʻqituvchisi Oʻ.Axmedov ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida:
ikki universitet oʻrtasida qoʻshma taʼlim dasturini ishlab chiqish;
koreys tili oʻqituvchilarga malaka oshirish kurslarni tashkil qilish;
koreys tilini oʻrganayotgan talabalar uchun Yozgi til oromgohi faoliyatini yoʻlga koʻyish va tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar muhokama qilindi.