O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Kadis universiteti o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichda!
19–23-may kunlari Ispaniyaning Kadis universiteti Xeres kampusida bo‘lib o‘tayotgan “Ispan tili – madaniyatlararo va xalqaro munosabatlarning asosiy ustuni” mavzusidagi Erasmus+ loyihasi doirasidagi treningda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti Ispan tili nazariy fanlar kafedrasi mudiri, dotsent Iroda Turamuratova hamda katta o‘qituvchi Dilafruz Xaydarova faol qatnashmoqda.
19-may kuni bo‘lib o‘tgan Staff Week ochilish marosimida:
Kadis universitetining xalqaro ishlar bo‘yicha prorektori Marsela Iglesias Onofrio treningga rasmiy start berdi va barcha hamkorlarga samimiy minnatdorchilik bildirdi.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti vakillari tomonidan taqdim etilgan esdalik sovg‘alar Ispaniya tomonida iliq kutib olindi. Janob Onofrio O‘zDJTU bilan mavjud hamkorlikdan mamnunligini bildirib, kelgusida ham uni yanada mustahkamlashga tayyorligini ta’kidladi.
Treningning birinchi kunida quyidagi ishtirokchilar o‘z ma’ruzalari bilan chiqish qildilar:
Xavier Ruis de Kos – Erasmus dasturi bo‘yicha Xeres kampusi koordinatori;
Antonio Lopes Sanches – Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani;
Marsela Iglesias Onofrio – xalqaro ishlar bo‘yicha prorektor;
Xose Angel Aparisio – Xeres shahri hokimiyati Madaniyat va sportni rivojlantirish boshqarmasi rahbari.
Ushbu trening O‘zbekiston va Ispaniya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada chuqurlashtirish, tajriba almashinuvi va xalqaro akademik integratsiyani mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘lmoqda.