O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik holati o‘rganildi

19-may kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 28-apreldagi 146-son buyrug‘iga asosan tashkil etilgan ishchi guruh a’zolari “Oliy ta’lim tashkilotlarida o‘quv adabiyotlarini yaratish, nashr qilish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, fanlarning o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik holatini o‘rganish” doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurdi.

 

 

Tashrif davomida ishchi guruh tomonidan universitetda o‘quv adabiyotlarini yaratish va nashr etish jarayoni, amaldagi o‘quv dasturlariga kiritilgan asosiy o‘quv adabiyotlarining mavjud holati, o‘quv adabiyotlarini nashr etish uchun ichki imkoniyatlardan mablag‘lar ajratilganligi, mualliflarni rag‘batlantirish tizimining joriy etilganligi, shuningdek, yangilangan ta’lim klassifikatoriga muvofiq fanlarning o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik darajasi atroflicha o‘rganildi.

Shuningdek, universitet axborot-resurs markazi fondida mavjud bo‘lgan o‘quv va ilmiy adabiyotlarning elektron shaklga o‘tkazilishi, ularning talaba va o‘qituvchilar uchun ochiqligi hamda foydalanish samaradorligi yuzasidan ham tahlillar olib borildi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube