O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talabalar ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi

 

 

28-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili II fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi tomonidan O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 71 yilligiga bag‘ishlab “Zamonaviy fan va ta’limning rivojlanishida yoshlarning o‘rni: izlanish va ijod masalalari” mavzusida talabalar ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi.

 

Anjumanda talabalar ilmiy va publitsistik tezislar, maqolalar, tarjimalar hamda ijodiy ishlar (hikoyalar va she’rlar) bilan ishtirok etdilar. Tadbir davomida yosh tadqiqotchilar o‘z izlanishlari va ijodiy yondashuvlarini namoyish etdilar.

 

 

Anjuman yakunida ilmiy va ijodiy ishlari bilan faol qatnashgan talabalar esdalik sovg‘alari hamda sertifikatlar bilan taqdirlandi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube