30-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tayanch doktorantlar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun navbatdagi ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi

Seminarni O‘zDJTU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori O. Y. Yusupov ochib berdi hamda ilmiy faoliyatda xalqaro standartlarga qat’iy amal qilish, nashr madaniyati va iqtibos ko‘rsatkichlarini to‘g‘ri yuritish masalalariga alohida to‘xtaldi.

 

 

Seminar doirasida dolzarb va amaliy ahamiyatga ega mavzular muhokama qilindi:

“Scopus, Web of Science, Google Scholar ma’lumotlar bazasida H-index va iqtiboslik: ilmiy tadqiqotlarda o‘lchov standarti”
Ma’ruzachi: Ozodbek Ne’matov

“IMRAD talablari asosida ilmiy maqola yozish”
Ma’ruzachi: Rohilabonu G‘o‘chchiyeva

Seminar oflayn shaklda hamda ZOOM platformasi orqali onlayn tarzda o‘tkazildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga xalqaro ilmiy bazalarda maqola joylashtirish tartibi, iqtibos ko‘rsatkichlarini shakllantirish, shuningdek IMRAD tuzilmasi asosida sifatli ilmiy maqola tayyorlash bo‘yicha aniq amaliy tavsiyalar berildi.

Seminar yakunida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob olib, ilmiy maqola tayyorlash va nashr jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha zarur metodik yo‘nalishlarga ega bo‘ldilar.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube