O‘zbekiston va Italiya universitetlarining birinchi forumi Toshkentda o‘tkaziladi
Joriy yil 28–29-may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri B.Saidov boshchiligidagi delegatsiya tarkibida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari Otabek Maxkamov Rim shahrida o‘tkazilgan “Italiya-Markaziy Osiyo” tashqi ishlar vazirlarining uchinchi konferensiyasida ishtirok etdi.
“Italiya-Markaziy Osiyo” tashqi ishlar vazirlarining uchinchi konferensiyasi doirasida “Oliy ta’lim va bilim tarmoqlari” mavzusiga bag‘ishlangan 3-panel sessiyada O.Maxkamov o‘z taqdimoti bilan qatnashdi.
Bundan tashqari, О.Maxkamov ishtirokida Italiya Universitetlar va tadqiqotlar vaziri bilan Anna Mariya Bernini bilan muzokaralar o‘tkazildi.
2024-yil sentabr oyi oxirida O‘zbekiston va Italiya universitetlarining birinchi forumini Toshkentda o‘tkazish va Italiya delegatsiyasiga vazir A.Bernini shaxsan o‘zi rahbarlik qilishga tayyorligini ma’lum qildi.
Tayyorladi:Sarvinoz Iminjonova Axiz 2105