Oʻzbekiston va Qirgʻiziston hamkorligi: Oʻsh davlat universiteti professor-oʻqituvchilariga malaka oshirish sertifikatlari topshirildi

10-oktyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazida O‘sh davlat universiteti (OshGU) professor-o‘qituvchilariga malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli yakunlaganliklari munosabati bilan sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

 

Mazkur kurslar 2–10-oktyabr kunlari davom etib, “Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz, nemis, italyan, fransuz, ispan va rus tillari” yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etilgan edi.

Tadbirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rahbariyati hamda Tarmoq markaz mas’ullari ishtirok etib, malaka oshirish kursi tinglovchilarini dasturini muvaffaqiyatli yakunlaganliklari bilan samimiy tabrikladilar.

 

 

Marosim yakunida O‘sh davlat universiteti professor-o‘qituvchilariga malaka oshirishni muvaffaqiyatli tamomlaganliklari haqida sertifikatlar topshirildi.

Ushbu tashabbus O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi do‘stona hamkorlikni mustahkamlash, o‘qituvchilar malakasini oshirish va tajriba almashish uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube