O‘zbekiston vakili Avstriyada o‘tayotgan xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda
Joriy yilning may oyida Avstriyada “International Conference on Psychology, Language and Teaching” (sobiq ICPLT-2025) xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur nufuzli ilmiy anjumanda 53 dan ortiq davlatlardan kelgan olimlar, tadqiqotchilar va mutaxassislar ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston delegati va ma’ruzachi sifatida ushbu konferensiyada O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Sh.Ismatova faol ishtirok etmoqda.
Mazkur ilmiy konferensiya turli sohalardagi eng so‘nggi ilmiy yutuqlar va amaliy ishlanmalarni muhokama qilish, ilg‘or tajribalarni almashish hamda sanoat va akademiya vakillari o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi global platforma hisoblanadi.
Tadbir doirasida ishtirokchilarga quyidagi imkoniyatlar yaratilmoqda:
Ilmiy tadqiqotlar natijalari va g‘oyalarni xalqaro maydonda taqdim etish;
Professional aloqalarni o‘rnatish va tarmoq imkoniyatlaridan foydalanish;
Seminar va treninglar orqali zamonaviy o‘qitish metodlari bilan tanishish;
Ilmiy jurnallar va to‘plamlarda hammualliflik maqolalar e’lon qilish;
Kelgusida xalqaro almashinuv dasturlari va qo‘shma loyihalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lish.
Anjuman onlayn va an’anaviy (In-Person/Virtual) shakllarda o‘tkazilmoqda hamda ishtirokchilarning shaxsiy va professional rivojiga ko‘maklashish maqsadida puxta rejalashtirilgan.