Bugun 5-yanvar O'zDJTU akademik litseyi oʻqituvchilari uchun ilmiy-amaliy seminarlarning ikkinchi kuni yakunlandi.
Seminarda maʼruzachi sifatida litseyning ijrochi direktori Maqsua Obidova ishtirok etdi va bir qator asosiy masalalar muhokama qilindi.
Dastur davomida “Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti akademik litseyida yo'nalish fanlarini yanada rivojlantirish" va “Xorijiy universitetlar bilan hamkorlik boʻyicha memorandumlar va shartnomalar: natijalar va vazifalar” mavzulariga qaratildi.