Joriy yilning 17-dekabr kuni OʻzDJTU Angren xorijiy tillar fakultetida dekan I. Bazarov tomonidan talabalar ishtirokida “Kelajakni mardlar, tarixni gʻoliblar yaratadi” mavzusida “Kelajak soati” darsi tashkil etildi.
Mazkur dars jarayonida talabalar bilan shaxsiy va kasbiy rivojlanish, iroda, mardlik va gʻalabaga intilish kabi muhim tushunchalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Shuningdek, yoshlarni faol hayotiy pozitsiyaga ega boʻlishga, oʻz ustida tinimsiz ishlashga hamda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashga undovchi hayotiy misollar va motivatsion tavsiyalar berildi.
Dars jarayoni interaktiv muloqot, savol-javoblar hamda ochiq munozaralar asosida olib borilib, talabalar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi. Tadbir yoshlarning kelajakka ishonchi, maqsad sari intilishi va yetuk mutaxassis bo‘lib shakllanishi yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi.