Kunning ikkinchi yarmida O’zDJTU delegatsiyasi a’zolari Indiana universitetida joylashgan Herman B Wells kutubxonasiga tashrif buyurdi. 

9 qavatli binoda joylashgan katta zaxiraga ega ushbu nufuzli kutubxonada o’zbek tili va adabiyotidan ham o’quv qo’llanmalar, lug’atlar va ilmiy tadqiqot ishlari mavjudligi ma'lum bo'ldi. 

Mazkur uchrashuvda O'zDJTU professori X.Muxitdinova o'z darsliklarini Indiana universiteti fondiga taqdim etdi. Shuningdek, CELCAR markazi direktori G.Nazarova O'zbekiston delegatsiyasiga markaz tomonidan yaratilgan "O'zbek tili" va "Uyg'ur tili" darsliklarini sovg'a qildi.

Eslatib o’tamiz: AQShga bo’lgan mazkur safar O’zDJTU professori R.Madjidova rahbarligidagi “Xorijiy tillarda so‘zlashuvchilar uchun o‘zbek tilini intensiv o‘rgatuvchi multimedia mahsulotlari" amaliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan. 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube