1985 yildan buyon Fransiyada o‘tkazilib kelinayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi ilk bor O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 2025 yilda YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining Samarqand shahrida o‘tkazilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Mazkur nufuzli tadbirni munosib o‘tkazish maqsadida ko‘plab oliy ta’lim massalari qatorida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti oldiga Braziliyaning nufuzli OTMlari bilan hamkorlik aloqasi o‘rnatish vazifasi qo‘yilgan edi. Shu maqsadda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi Braziliyaga xizmat safari bilan jo‘nab ketgani haqida xabar bergan edik. 27 noyabr kuni O‘zDJTU delegatsiyasi Braziliyaning jahon reytinglarida yuqori o‘rin egallagan Sao Paulo universitetiga tashrif buyurdi.
QS World rankingda 92-o‘rinni zabt etgan Sao Paulo universiteti 1934 yil 25-yanvarda tashkil topgan. Hozirgi kunda 100 mingdan ortiq talabalarga tahsil berayotgan Sao Paulo universitetida ko‘plab Nobel nomzodlari, milliy Kongressi a’zolari, asoschilari va mashhur braziliyalik kompaniyalar rahbarlari, Braziliya jamiyatda muhim o‘rin egallagan shaxslar ta’lim olgan. Shuningdek, Sao Paulo universiteti Braziliyaning eng yirik tadqiqot muassasalari qatoriga kiradi va braziliyalik tadqiqotchilar tomonidan yuqori sifatli konferensiyalar va jurnallarda nashr etilgan ilmiy maqolalarning 25% dan ortig‘ini mazkur universitet tadqiqotchilari tomonidan yaratiladi.
O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov boshchiligidagi delegatsiyani Sao Paulo universiteti Xalqaro hamkorlik bo‘yicha direktori o‘rinbosari Prof, Dr, Larissa Driemeier kutib oldi.
Tashrif doirasida ikki universitet vakillari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi. Suhbatda, xorij tomoni bilan o‘zaro hamkorlik kelishuvlarini imzolash, mutaxassis va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, o‘zaro tashrif muddatini kelishish; xizmat safariga yuboriladigan delegatsiya tarkibini shakllantirish; xizmat safarini amalga oshirish va belgilangan ikkitomonlama manfaatli tadbirlarni tashkil etish; YUNESKO 43-sessiyasining mazmun-mohiyati, O‘zbekiston tashabbuslari to‘g‘risida ma’lumot berish; mamlakatimiz tarixi, buyuk allomalar hamda bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar bo‘yicha qisqa ma’lumotlar; xorij tomoniga O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlarda ishtirok etish kabilar bo‘yicha o‘zaro fikrlar almashildi.
Shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, Markaziy Osiyo davlatlari orasida O‘zDJTU ilk bor mazkur universitet bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Bu mashhur universitet bizning universitet bilan o‘quv, ilmiy, madaniy sohalarda hamkorlik qilishni mamnuniyat bilan qabul qilishgan.