Ispaniyada xizmat safarida bo‘lib turgan O’zDJTU delegatsiyasidan yana bir xushxabar! 30-may kuni Ispaniyada bo’lib turgan O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti vakillari P.Jo‘rayev, X.Xakimov hamda A.Xalillayevdan iborat delegatsiya Kadiz universiteti Xalqaro bo‘lim direktori Fernando Perez Pena hamda Tilshunoslik siyosatini rivojlantirish bo‘limi direktori Xesus Bolano Kuintero bilan uchrashuv o‘tkazib, bir qator kelishuvlarga erishishga muvaffaq bo‘ldi. Uchrashuv davomida yangi o‘quv yilidan boshlab O’zDJTU ga Kadiz universitetidan ma’ruzachi yuborish, universitetlararo talabalar hamda o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, o‘qituvchilar uchun malaka oshirish kurslarini tashkil qilish kabi ikki universitet hamkorligini yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi. Muhokama jarayonida Kadiz universitetida tashkil etilgan O‘zbek tili madaniyat markazi haqida alohida so’z bordi. Kelgusida ushbu markaz tomonidan o‘zbek va ispan adabiyotlarining nodir namunalarini tarjima qilish hamda Kadiz universitetida talabalarga o‘zbek tilini o‘qitish bo’yicha kelishib olindi. O’zDJTU delegatsiyasining Ispaniyaga safari davom etmoqda… Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

2024-06-03 12-22

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi