Bugun 6-fevral kuni Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirining oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonovich tomonidan Toshkent shahridagi oliy taʼlim muassasalari prorektorlari ishtirokida tezkor yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Jumladan yigʻilishda Adiblar xiyobonidagi xar bir haykallar taʼlim muassasalariga biriktirilganligi aytib oʻtildi hamda xar bir haykalning atrofini obodonlashtirish masalalari koʻtarildi.
Shundan soʻng,OʻzDJTU ga biriktirilgan Aleksandr Faynberg haykali tozalash ishlari olib borildi. Haykal atrofida obodonlashtirish ishlari olib borildi. Manzarali koʻchatlar hamda gullar ekilib, daraxtlar oqlandi.