OʻzDJTU ning Maʼnaviyat va maʼrifat markazida “Orol ijodkorlari: kichik tomchidan katta dengiz sari” loyihasi ikkinchi mavsumining taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Taqdirlash marosimini Yoshlar masalalari hamda Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor V. Sadiyev ochib berdi
Tadbir davomida “Orol ijodkorlari” klubi rahbari R.Qalandarova tomonidan loyihaning maqsad va vazifalari tushuntirib berildi. Iqtidorli talabalar tomonidan milliy raqslar, jonli qoʻshiqlar mahorat bilan ijro etildi. Shuningdek, har bir ishtirokchi oʻzining taqdimotini namoyish etdi. Tadbir soʻngida loyihada faol ishtirok etgan bitiruvchilarga sertifikatlar va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Mazkur loyiha “Olima onalardan olimlar dunyoga keladi” shiori ostida tashkil etilib, yosh avlodda ijodkorlik va ilm-fanga boʻlgan qiziqishni oshirishga qaratilgan.