Bugun OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov kunning ikkinchi qismida poytaxtimizning Sergeli tumanida boʻldi.
Universitet rektoriga biriktirilgan yoshlarning holidan xabar olish, ularni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish maqsadida tumandagi “Farogʻatli”, “Oltin vodiy”, va “Sohibqiron” mahallasida istiqomat qilayotgan “qizil” toifadagi yoshlar bilan uchrashdi. Har bir yoshning xonadonida boʻlib, ularni qiynayotgan muammolarni soʻradi.
Shuningdek, alohida eʼtiborga muhtoj, deb topilgan yoshlarga moddiy yordam pullari va oziq-ovqat mahsulotlari ulashdi.
Eslatib oʻtamiz, Sergeli tumanining “Farogʻatli”, “Oltin vodiy”, va “Sohibqiron” mahallarida istiqomat qilayotgan bittadan yosh koʻmakka muhtoj yosh sifatida OʻzDJTU rektoriga biriktirilgan.