OʻzDJTU rektori talabalar bilan uchrashdi
Bugun Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov Jazoir va Oʻmon Sultonligida til koʻnikmalarini takomillashtirish dasturlarida ishtirok etish uchun joʻnab ketayotgan talabalar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda rektor talabalarning o‘qishlarida muvaffaqiyatlar tilab, ikkinchi semestrga tayyorgarlik ko‘rish borasida zarur tavsiyalar berdi. Shuningdek, universitet rahbariyati vakillari ham ishtirok etib talabalarga o’z tavsiyalarini berib o’tdi. Xorijiy universitetning ichki qoidalariga rioya qilish zarurligini ta’kidladi.
Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.
Ma’lumot uchun:
Oʻmon Sultonligiga delegatsiya tarkibida 1 nafar guruh rahbari, 5 nafar talaba, Jazoirga esa 2 nafar guruh rahbari, 18 nafar talaba joʻnab ketmoqda.