2025-yil 17–20 mart kunlari Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahridagi Ural davlat pedagogika universitetida XX Xalqaro ingliz tilidagi ilmiy, amaliy va ijodiy loyihalar tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu nufuzli tanlovda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalaridan iborat jamoa ishtirok etdi.
Talabalar tomonidan tayyorlangan ilmiy-amaliy loyiha yuqori baholandi. Tanlov natijalariga ko‘ra, O‘zDJTU jamoasi faxrli I va II o‘rinlarni egalladi.
3-bosqich talabalari orasidan saralab olingan iqtidorli talabalarga Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi mudiri Abduvahabova Mahina, kafedra katta o'qituvchilari Aminova Go'zal va Rahmonov G'ulomjonlar ilmiy rahbarlik qildi. Loyiha mavzusi, taqdimot sifati, til madaniyati va kreativ yondashuv hakamlar hay'ati tomonidan alohida e’tirof etildi.
Mazkur ishtirok talabalarning ilmiy salohiyatini namoyon etish, xalqaro tajriba almashish va ingliz tilida erkin muloqot qilish ko‘nikmalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu yutuq talabalarimiz uchun kelgusida yana ko‘plab xalqaro tadbirlarda faol qatnashish uchun kuchli rag‘bat bo‘lib xizmat qiladi.