O'zDJTU talabalari xalqaro olimpiadada ishtirok etdi
1-aprel va 10-aprel kunlari OʻzDJTU Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasida o'z xalqaro hamkori Turkman milliy jahon tillari instituti tomonidan tashkil qilingan Ingliz tili xalqaro olimpiadasining 1-2-bosqichi oʻtkazildi.
Mazkur bellashuvda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetidan 3-bosqich talabalari ishtirok etdi.
Bunda iqtidorli talabalar guruhi tashkillashtirilib, ularga rahbarlik qilgan kafedra mudiri Mahina Abduvahabova va kafedra o’qituvchilari Shoxsanam Husanova, Madina Shakirova ishtirokchilarning ingliz tilida o'qish, yozish, eshitish ko'nikmalari bo'yicha o'z bilimlarini sinovdan o'tkazishga amaliy yordam berishdi.