Universitet boʻylab turdan soʻng rektor Ilxomjon Tuxtasinov O‘zDJTU faoliyati, Ispaniya OTMlari bilan amalga oshirilayotgan loyihalar va yangi takliflar haqida videoroliklar hamda taqdimot orqali batafsil ma’lumot berdi.

 

 

Dastur davomida qator muhim masalalar muhokama qilindi. Xususan: 
-O‘zDJTU ispan tili o‘qituvchilari uchun Barselona va Lyeda universitetlarida malaka oshirish kurslarini tashkil etish;
- talabalar, o‘qituvchilar va tadqiqotchilar almashinuvi, stajirovka va amaliyot dasturlarini yoʻlga qoʻyish;
- ispan professor-o‘qituvchilarini O‘zDJTUga ma’ruzalar o‘qish va dars o‘tishga taklif qilish;
- qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, maqolalar chop etish va PhD tadqiqotchilarga rahbarlik;
- ilmiy-amaliy anjumanlar, jumladan joriy yil oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan xalqaro konferensiyada hamkorlik;
- qo‘shma ta’lim dasturlari hamda o‘quv qo‘llanmalar, lug‘atlar yaratish;
- talabalar uchun “Yozgi lager”lar tashkil etish. 

Yakunda oʻzaro manfaatli kelishuvlarga erishilib, tomonlar oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Uchrashuv esdalik sovg‘alar almashinuvi va umumiy suratga tushish bilan yakunlandi. Mehmonlar O‘zDJTUning xalqaro aloqalarni rivojlantirish yo‘lidagi sa’y-harakatlari, qolaversa, oliygoh infratuzilmasi va unda talabalarga yaratilgan imkoniyatlarni alohida e’tirof etdilar.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube