O‘zDJTU va O‘zbekiston chim ustida xokkey federatsiyasi o‘rtasida memorandum imzolandi
24-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida muhim hamkorlik hujjati imzolandi.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda O‘zbekiston chim ustida xokkey federatsiyasi o‘rtasida ilmiy-uslubiy va innovatsion texnologiyalar asosida chim ustida xokkey sport turini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandumdan ko‘zlangan asosiy maqsad – universitet talabalari o‘rtasida ushbu sport turini ommalashtirish, xalqaro darajadagi musobaqalar uchun sportchilar zaxirasini shakllantirish hamda yoshlarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga hissa qo‘shishdan iborat.
Imzolash marosimida quyidagilar ishtirok etdi:
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov
O‘zbekiston chim ustida xokkey federatsiyasi bosh kotibi Rustam Tashmuxammedov
Toshkent shahar bosh murabbiyi Mahmud Muradqulovich Xolmatov
O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Pavel Sergeyevich Gabrinevskiy
Marosim yakunida tomonlar sport va ta’lim sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash borasida faol ishlar olib borilishini ta’kidladi.