O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektorining 2024-yil 10-avgustdagi 166/xb buyrug’iga asosan oliygohning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori O.Yusupov boshchiligida bir guruh professor-o’qituvchilar Finlandiyaning eng yuqori reytingli universitetlarida malaka oshirmoqda. 

Malaka oshirish davomida Finlandiyaning Yuvaskulya shahridagi maktabgacha va maktab ta’limi, professional hamda oliy ta’lim muassasalarida tajriba almashish bilan bir qatorda maxsus xorijiy malaka oshirish dasturi asosida maktabgacha va maktab ta’limi, professional hamda oliy ta’lim o’quv rejalari, dasturlari, ilmiy-tadqiqot jarayonlari, professor-o’qituvchilar hamda talabalar faoliyati bilan yaqindan tanishib, o’zaro tajriba almashishmoqda.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube