2024-yil 26-noyabr kuni Hindistonning Banasthali universitetida “International Seminar on Diversity of Languages and Cultures: Exploring Linguistic, Literary and Cultural Synergies across India, Central Asia and Europe” nomli xalqaro Ilmiy-amaliy anjuman bo’lib o’tdi.
Ushbu anjumanda O’zDJTU Tarjimonlik fakulteti Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi mudiri L.Xoliyarov, katta o’qituvchi N.Ro’ziboyeva va o’qituvchi I.Xoliqulov O’zbekiston Respublikasi tarixi, ma’daniyati, tili va O’zDJTU tuzilishi, ta’lim yo’nalishi haqida anjuman ishtirokchilariga ma’ruza qildi.
Shuningdek, Rossiyaning Skolkovskiy nomidagi fan va texnologiya instituti professorlari E.Xrameeva, A.Xaydarova va Aditya Shastri o’z maruzalari bilan qatnashdilar.
Anjuman so’ngida ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlandi. Faol ishtirokchilarga esdalik sovg’alari ulashildi.