O'zDJTU xalqaro jurnalistika fakulteti bitiruvchilarining 20 yillik nishona kuni bo'lib o'tdi.
Tadbirda ustozlar va sobiq bitiruvchilar o'rtasida iliq xotiralar yodga olindi.
Sobiq bitiruvchilar o‘zlarining muvaffaqiyatli ish faoliyati haqida so‘zlab, bugungi kundagi tajribalari bilan bo‘lishdilar. Ustozlar o‘z shogirdlarini ko‘rib, ular bilan faxrlanishlarini bildirdilar. Shu bilan birga, talabalik davridan qiziqarli va kulgili voqealar eslab, iliq xotiralar yodga olindi.
Tadbir so‘ngida barcha ishtirokchilar esdalik uchun suratga tushdilar va bu nishona kunining muhimligini yana bir bor ta'kidladilar.