O‘zDJTUda bayramoldi savdo yarmarkasi tashkil etildi.
26-dekabr kunidan boshlab O‘zDJTU rektori va rahbariyati tomonidan universitetning Ingliz tili № 2 fakulteti oldida arzonlashtirilgan yarmarka tashkil qilindi.
Yarmarkada mol go‘shti, qo‘y go‘shti, tovuq go‘shti, o‘simlik moyi, shakar, guruch, meva, salqin ichimliklar va boshqa bayram dasturxoni uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari savdosi yo‘lga qo‘yildi.
Hamyonbop va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari sotuvga qo‘yilgan mazkur yarmarka universitet xodimlari uchun tashkillashtirildi.
Yarmarkaga tashrif buyurgan xodimlar yaratib berilgan ushbu sharoit uchun tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.