2025-yil 4-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Braziliyaning nufuzli Kampinas universiteti dotsenti Xashiguti Simone bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, Roman-german filologiyasi fakulteti dekani X. Hakimov hamda Ispan tili kafedrasi mudiri D. Baxronova ishtirok etdilar.
Uchrashuvda bir qator muhim masalalar, xususan:
- universitetda portugal tilini o‘qitish tizimini joriy etish,
- o‘quv rejasi, dastur va metodik ta’minotni ishlab chiqish,
- Braziliyadan keladigan o‘qituvchini qabul qilish,
- mahalliy kadrlarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tomonlarni o‘zaro qiziqtirgan boshqa hamkorlik yo‘nalishlari ham ko‘rib chiqildi.
Mazkur uchrashuv kelgusida O‘zDJTUda portugaI tilini o‘qitishning yo‘lga qo‘yilishi, Braziliya bilan ta’lim va ilmiy aloqalarning mustahkamlanishi uchun muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.