OʻzDJTUda Italiya universiteti vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

OʻzDJTUda Italiya universiteti vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

2026-yil 1-iyun kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida Italiyaning Milan zamonaviy tillar va kommunikatsiya universiteti delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda universitetning Tarjimonlik fakulteti dekani Jiovanna Rokka Shaid hamda Turizm fakulteti dekani Massimo De Giuseppe ishtirok etdi. Mehmonlarni OʻzDJTU Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektori A. Nasirov, Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi X. Yoʻldashev, Tarjimonlik fakulteti dekani U. Yoʻldoshev hamda Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri B. Ergashova kutib oldilar.

 



Muloqot davomida tarjimonlar, jumladan sinxron tarjimonlarni tayyorlash, gid-tarjimonlar malakasini oshirish, italyan va boshqa xorijiy tillar oʻqituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, talabalar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, qisqa va uzoq muddatli oʻquv kurslarini tashkil etish, talabalar amaliyotini oʻtkazish hamda yozgi va qishki maktablar tashkil etish boʻyicha hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

 



Uchrashuv yakunida tomonlar oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, akademik aloqalarni mustahkamlash va qoʻshma taʼlim loyihalarini amalga oshirishga qiziqish bildirdilar.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube