O‘ZDJTUDA ITALYAN TILINI O‘QITISHNING DOLZARB MASALALARIGA BAG‘ISHLANGAN XALQARO ANJUMAN BO‘LIB O‘TDI
2026-yil 16-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Italyan tilini xorijiy til sifatida o‘qitishning dolzarb masalalari va yechimlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Dastlab konferensiya mehmonlarini O‘zDJTU rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Ilxomjon Tuxtasinov kutib oldi. Shundan so‘ng rektor anjumanni ochib berib, xorijiy tillarni o‘qitish sifatini oshirish, zamonaviy ta’lim metodlarini joriy etish va xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish masalalarining ahamiyatini ta’kidladi.
Anjumanning ochilish qismida Italiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Guido De Sanctis, O‘zDJTU ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Otabek Yusupov, O‘zDJTU vakili Ulug‘bek Yo‘ldoshev, “Jadid.uz” loyihasi rahbari, professor G‘anisher Raximov hamda Siena xorijliklar uchun universiteti xalqaro ishlar bo‘yicha prorektori, professor Carla Bagna so‘zga chiqdi.
Xalqaro konferensiya italyan tilini xorijiy til sifatida o‘qitishdagi dolzarb masalalarni muhokama qilish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni tatbiq etish uchun muhim ilmiy muloqot maydoniga aylandi.
2026-10-16 10-11