OʻzDJTUda masofaviy taʼlimni tashkil etish maqsadida universitet rahbariyati topshirigʻi bilan ishchi guruh tashkil etildi.
Raqamli taʼlim texnologiyalari markazi boshligʻi S.Tuychiyev hamda OʻzDJTU Аxborot xizmati boʻlimi rahbari O.Ibragimovdan iborat ishchi guruh aʼzolari universitetda masofaviy taʼlim jarayonlarini tashkil etish hamda masofadan oʻqitishning uslubiy materiallarini yaratish maqsadida bir qator oliy taʼlim dargohlarida boʻlib, ularning tajribasini oʻrganmoqda.
Shu munosabat bilan ishchi guruh aʼzolari bugunga qadar Toshkent moliya instituti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Beeline Akademiyasi hamda “Edusmart” studiyalarida boʻlib, ularning tajribasi va texnik bazalarini oʻrganib qaytishdi.
Oʻrganilgan tajribalar asosida OʻzDJTUda masofaviy oʻqitishning uslubiy materiallarini yaratish yoʻlga qoʻyiladi va rivojlantiriladi.