OʻzDJTUda “Mutolaa” loyihasi targʻibotchilari bilan eksklyuziv uchrashuv boʻlib oʻtdi!

Uchrashuvda “Edinburg” universiteti magistranti, “Mutolaa” loyihasi rahbari Sirojiddin Olimov, loyiha muxarriri Sadullo Qoronov, loyiha menejeri Hurliman Polatovna, marketing bo‘limi rahbari Muhammad Umbetov, OʻzDJTU professor-oʻqituvchilari va talabalari ishtirok etdi.

 

 

Tadbirni universitetning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Valijon Sadiyev ochib berdi. U oʻz nutqida mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatiga qaratilayotgan eʼtibor va universitetda bu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida soʻz yuritdi.

 

 

Taqdimot chogʻda mehmonlar “Mutolaa” loyihasi elektron va audiokitoblar, “BYD” avtomobili, xorijga sayohatlar va zamonaviy qurilmalar yutugʻi, marafonlar, kasbiy rivojlanish va “Mutolaa Premium” orqali daromad qilish imkoniyati haqida yigʻilganlarga batafsil maʼlumotlar berib oʻtdi.

 

 

Tadbir soʻngida eng faol talabalar va savollarga toʻgʻri javob bergan ishtirokchilarga mehmonlar tomonidan turli loyihalarning Premium aʼzoliklari taqdim etildi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube