O‘zDJTUda Osiyo-Amerika adabiyotidagi ayol nigohi ilmiy tahlil qilindi
2025-yil 8-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01 raqamli ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashning 6-son yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilishda Ollaberganova Dilnoz Qodirbergannovaning 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Osiyo-Amerika diaspora adabiyotida ayol perspektivasi tadqiqi (M. Yuzufzoy va X. Husayniy asarlari misolida)” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoya qilindi.
Dissertatsiyada zamonaviy Osiyo-Amerika adabiyotidagi ayol mualliflarning ovozi, ularning asarlarida aks etgan gender yondashuv, madaniyatlararo muhitda shakllangan ayol tajribasi va badiiy ifoda vositalari tahlil qilingan. Mavzuning dolzarbligi, tanlangan metodologiyaning izchilligi va yangicha ilmiy yondashuvlar keng jamoatchilik e’tiborini tortdi.
Himoya jarayonida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov, rasmiy opponentlar, yetuk filolog olimlar, doktorantlar hamda ilmiy doira vakillari ishtirok etishdi.