O‘zDJTUda PhD dissertatsiyasi himoyasi o‘tkazildi

O‘zDJTUda PhD dissertatsiyasi himoyasi o‘tkazildi

Bugun, 14-avgust kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya himoyasiga bag‘ishlangan Ilmiy kengash majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda Ilmiy kengash a’zolari, rasmiy opponentlar va professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Majlisda Radjabova Muxtasar Davranbekovnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (arab tili) ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Arab tilida talabalarning yozuv malakasini integrativ yondashuv asosida shakllantirish” mavzusidagi dissertatsiya ishi himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Himoya jarayonida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, ilmiy va amaliy ahamiyati, tadqiqot natijalari hamda ularning ta’lim jarayonidagi samaradorligi yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube