Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida oʻtkazilgan “TALANT SHOU” tanlovi " hamda Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti Kechki va sirtqi taʼlim fakulteti kengashi tomonidan oʻtkazilgan "ZAKOVAT" musobaqasi "Rektor kubogi" saralash bosqichida faxrli oʻrinlarni egallagan jamoalar taqdirlandi.

O'zdjtu Kechki va sirtqi taʼlim fakulteti Yoshlar ittifoqi kengashi sizlarni doimo qoʻllab-quvvatlaydi.
 "Talant shou" tanlovining "Milliy va xorij raqslari" yo'nalishi boʻyicha universitet bosqichida: Nig'matova Sevinch Xojiakbar qizi 1- bosqich talabasi faxrli 1-o'rinni egallaganli uchun fakultetimizda diplom va kitoblar bilan taqdirlandi.

 "Zakovat" intellektual musobaqasi "Rektor kubogi" saralash bosqichida: 1-o‘rinni qoʻlga kiritgan— “WKN” jamoasi, 2-o‘rin “Eclipse” jamoasi, 3-o‘rin — “Alfraganus” kabi jamoalar esdalik sovgʻalari va diplomlar bilan 4-o‘rin — “Fenomen” hamda 5-o'rin “Sunshine” jamoalari kitoblar bilan taqdirlandi.

Barcha g‘olib va ishtirokchi jamoalarni tabriklaymiz hamda keyingi bosqichlarda ularga omad tilaymiz! 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube