PARAMEDITSINA YO‘NALISHIDA XALQARO HAMKORLIK: YOSHLARNI ZAMONAVIY KASBLARGA O‘QITISH VA AMALIY KO‘NIKMALARINI OSHIRISH
Parameditsina sohasida xalqaro standartlarga asoslangan amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan yangi loyiha muhokama qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2026-yil 17-avgust kuni Xorazm viloyatiga tashrifi davomida ilgari surilgan yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitish va ularning amaliy ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan yondashuv oliy ta’lim muassasalarida talabalarni darsdan keyingi vaqtda qo‘shimcha kasblarga o‘qitish tizimini rivojlantirish uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu, o‘z navbatida, talabalarning raqobatbardoshligini oshirish, bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish va kelgusidagi bandligini ta’minlash imkoniyatlarini kengaytiradi.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Koreya Respublikasining Koreya Milliy Transport Universiteti (Korea National University of Transportation)ning Emergency Medical Service / Paramedic Science yo‘nalishi o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida loyiha muhokamasi o‘tkazildi. Koreya Milliy Transport Universitetida mazkur yo‘nalish alohida akademik yo‘nalish sifatida faoliyat yuritadi.
Muzokaralarda Koreya Milliy Transport Universiteti Parameditsina fakulteti dekani, professor doktor Dong Min Shin bilan hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Loyiha doirasida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratish rejalashtirilmoqda:
-
Parameditsina va shifoxonagacha bo‘lgan shoshilinch tibbiy yordam;
-
BLS — Basic Life Support;
-
CPR — Cardiopulmonary Resuscitation;
-
AEDdan foydalanish;
-
Trauma Care;
-
Qon ketishlarni boshqarish va immobilizatsiya;
-
Triage va ko‘p sonli jabrlanuvchilar bilan ishlash;
-
Emergency Patient Assessment — ABCDE;
-
Shoshilinch bemorlarni transportirovka qilish;
-
Simulyatsion va scenario-based training.
Shuningdek, bir semestrlik sertifikat dasturini tashkil etish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.
Dasturdan ko‘zlangan asosiy maqsad — zamonaviy shifoxonagacha bo‘lgan shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘nikmalariga ega, tezkor qaror qabul qila oladigan hamda xalqaro tajribani amaliyotga tatbiq eta oladigan raqobatbardosh paramedik mutaxassislarni tayyorlash.
Hamkorlik doirasida xalqaro tajriba almashinuvi, professor-o‘qituvchilar va talabalar akademik mobilligi, amaliy mashg‘ulotlar, simulyatsion treninglar hamda kelgusida qo‘shma sertifikat dasturlarini rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi.