Pedagogika fanlari bo‘yicha PhD dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi

2025-yil 11-dekabr O’zDJTUda pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya himoyasiga bag‘ishlangan Ilmiy kengash majlisi offline va ZOOM onlayn platformasi orqali bo‘lib o‘tdi.

Majlisda Baybabayeva Shoiraxon Ismatovnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi bo‘yicha “Bo‘lajak ingliz tili mutaxassislarining diskursiv kompetensiyasini “Flipped learning” texnologiyasi asosida takomillashtirish” mavzusidagi PhD dissertatsiyasi himoya qilindi.

Himoya jarayonida ilmiy rahbar hamda rasmiy opponentlar ishtirok etib, dissertatsiya bo‘yicha ilmiy savollar, taklif va mulohazalar bildirildi. Majlis belgilangan tartibda tashkil etilib, dissertatsiya materiallari atroflicha muhokama qilindi.

Ilmiy kengash a’zolari tomonidan tadqiqotning maqsad va natijalari ko‘rib chiqildi hamda yakuniy qaror qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube