Pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi

10-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasiga bag‘ishlangan bir martalik ilmiy kengash majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis offline va ZOOM onlayn platformasi orqali tashkil etildi.

Mazkur ilmiy kengashda Abdullaeva Feruza Suyunovnaning 13.00.02 — Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Turizm ta’lim yo‘nalishi talabalarning chet til kasbiy kommunikativ kompetensiyasini shakllantirish konsepsiyasi (ingliz tili misolida)” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi muhokama qilindi.

Himoya jarayonida dissertatsiya ishining dolzarbligi, ilmiy yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyati yuzasidan batafsil fikrlar bildirildi. Tadbirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda rasmiy opponentlar — Abdullayeva Rozanna Mirzatullayevna, Mamatkulov Xurshid Abdurashidovich va Rustamova Adash Eshankulovna ishtirok etib, ilmiy ish yuzasidan o‘z mulohazalarini bayon etdilar.

Dissertatsiya himoyasi jarayonida ilmiy ishning dolzarbligi, nazariy va amaliy ahamiyati yuzasidan atroflicha muhokamalar olib borildi. Bildirilgan fikr va mulohazalar asosida dissertatsiya belgilangan talablar doirasida baholanib, ilmiy kengash tomonidan tegishli xulosalar qilindi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube