Joriy yilning 5-6-yanvar kunlari Jizzax viloyatining Jizzax shahrida "Ekolog" jamoat birlashmasi hamda Oliy Majlis jamoat fondi hamkorligida yoshlar o'rtasida zamonaviy ekologik madaniyatni shakllantirish va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish maqsadida ikki kunlik o'quv seminari va ushbu seminar doirasida "Plogging" (chiqindi yig'ishni o'z ichiga olgan yugurish musobaqasi) tadbiri tashkil etildi. 

Tashkil etilgan mazkur o'quv-seminari loyihasida respublikamizning 14 ta hududidan saralab olingan 2 ta ishtirokchidan iborat jami 28 nafar Eko volontyorlar hamda Eko ko'ngillilarga global mavzuga aylanib borayotgan ekologik inqirozlardan biri Chiqindi mavzusida darslar o'tildi va ekologik bilimlari mustahkamlandi.

Ushbu tadbirda Toshkent shahri hududidan saralab olingan 2 nafar ishtirokchi O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari ham faol ishtirok etib, tadbir yakunida esa sertifikat va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube