“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Mazkur uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida o‘tkazilishi belgilanganligi munosabati bilan o‘tkazildi.
Uchrashuvda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda universitet rahbariyati vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida talabalar bilan ochiq va samimiy muloqot tashkil etilib, ularning fikr-mulohazalari, takliflari hamda mavjud masalalari tinglandi.
Rektor talabalar bilan suhbat jarayonida ularning ta’lim olish jarayoni, yashash sharoitlari, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda kelgusidagi rejalari bilan qiziqdi. Shuningdek, talabalar tomonidan bildirilgan savollarga atroflicha javob berildi.
Uchrashuv davomida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda muammolarni tizimli hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.