18- noyabr kuni O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov fakultetlarga tayinlangan matbuot kotiblari bilan uchrashib, axborot xizmatining yutuq va kamchiliklari haqida fikr almashdi. O‘tgan 2023-2024-o‘quv yili davomida ilgari surilgan mazkur amaliyot talabalarning ish bilan ta’minlanishi hamda kasbiy amaliyot o‘tashlarida katta muvaffaqiyat bo‘lganligini ta’kidlab o‘tdi. Suhbat davomida talabalarning takliflari tinglanib, mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Uchrashuvda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Valijon Sa’diyev, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori matbuot kotibi, axborot siyosati masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Otabek Ibragimovlar ham ishtirok etdi.
Uchrashuv so‘ngida ishtirokchilar o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari va loyihalari bilan o‘rtoqlashdi. Universitet rektori talabalarning loyihalarini har doim qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi.
Shuningdek, universitetda ro‘y berayotgan xabarlarni tezkorlik bilan yoritishda yaqindan yordam berayotganligi uchun fakultet matbuot kotiblariga minnatdorchilik bildirdi.