O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston-2030“ strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida" 2024-yil 21-fevraldagi 37-son Farmonining 1-bandida alohida ishlash talab etiladigan yoshlarni mas’ul rahbarlarga nomma-nom biriktirish amaliyotini joriy etish vazifasi belgilangan.

Shunga ko‘ra, O‘zDJTU rahbariga ham “Yoshlar balansi” asosida birinchi navbatda yordamga muhtoj bo‘lgan, e’tibor talab etuvchi 25 nafar yoshlar biriktirilgan.

9-avgust kuni O‘zDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich, universitet rahbariyati vakillari rektorga biriktirilgan Uchtepa tumanidagi “Birlik”, mahallalarida istiqomat qilayotgan og‘ir toifadagi yoshlar bilan uchrashdi.

Rektor ko‘makka muhtoj yoshlar, ularning ota-onalari va mahalla vakillari bilan suhbatlashdi, ularning xonadonida bo‘lib, har bir yoshga zarur oziq-ovqat mahsulotlarini yordam tariqasida taqdim etdi. 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube