Rektor yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi
16-avgust kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov yangi 2025-2026 oʻquv yili uchun oliygohda amalga oshirilayotgan ishlarni koʻzdan kechirdi.
Rektor rahbariyat vakillari hamrohligida universitet oshxonasi, kutubxona va boshqa dars xonalarida ketayotgan ta’mirlash jarayonlari bilan tanishib, mas’ullarga oʻz tavsiya va topshiriqlarini berdi.
Shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, belgilangan muddatlarga rioya qilinishi haqida mas’ul xodimlar tomonidan atroflicha hisobotlar taqdim etildi, oldindagi rejalar haqida ma’lumot berildi.
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida yaratilayotgan mazkur sharoit va imkoniyatlar talabalar uchun samarali, qiziqarli va zamonaviy ta’lim jarayonini ta’minlaydi.