Roman-german filologiyasi fakulteti yangi o‘quv yiliga tayyor!
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Roman-german filologiyasi fakulteti 2026–2027-o‘quv yilini munosib kutib olish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratdi.
Fakultetning o‘quv auditoriyalari va umumiy foydalanish hududlari tartibga keltirilib, talabalarni yangi o‘quv yilida qulay va ozoda muhitda kutib olishga tayyor holatga keltirildi.
Yangilangan muhitda talabalarni yangi bilimlar, qiziqarli mashg‘ulotlar va yangi imkoniyatlar kutmoqda. Fakultet jamoasi esa yangi o‘quv yilini ko‘tarinki kayfiyat va ezgu maqsadlar bilan qarshi olishga shay.
Roman-german filologiyasi fakulteti — yangi o‘quv yiliga tayyor!