3-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakultetida 1-kurs talabalarini kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni universitetning xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori A. Nasirov ochib berdi. Shuningdek, fakultet dekani Xakimov Xamidulla Inamovich so‘zga chiqib, yangi o‘quv yilida talabalarga omad tiladi hamda fakultetda yaratilgan sharoitlar va istiqboldagi ilmiy loyihalar haqida ma’lumot berdi.

Tadbirda fakultet professor-o‘qituvchilari, yosh talabalarning ota-onalari ham ishtirok etdi. Yangi o‘quv yilini boshlayotgan yoshlarga samimiy tilaklar bildirildi.

 

      

Tadbir so‘ngida eng yuqori ball bilan talaba bo‘lgan yoshlar sertifikat bilan taqdirlandi, ularning ota-onalariga esa universitet rahbariyati tomonidan tashakkurnomalar topshirildi.

Ma’lumot uchun:
2025–2026 o‘quv yilida Roman-german filologiyasi fakultetiga:
 • Kunduzgi ta’lim shakliga — 96 nafar,
 • Kechki ta’lim shakliga — 103 nafar talaba qabul qilindi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube