Rossiyaning Shimoliy (Arktik) federal universiteti vakillari O‘zDJTUda

11-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Rossiyaning Shimoliy (Arktik) federal universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, ta’lim va ilmiy sohalardagi o‘zaro tajriba almashinuvi masalalari atroflicha muhokama qilindi.

 

 

Dasturda RSHFU tomonidan Xalqaro hamkorlik boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i, Markaziy va Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari bilan ilmiy hamkorlik masalalari koordinatori Polina Golomidova hamda boshqarma eksperti Viktoriya Khatanzevskaya, OʻzDJTU rahbariyatidan esa rektor Ilxomjon Tuxtasinov xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov, Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, Qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i F. Musaeva, Ikkinchi chet tillari kafedrasi mudiri A. Yuldashev hamda universitet professori D. Qulmatov ishtirok etdi.

Suhbat chog‘ida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi: 
- Skandinav va boshqa tillarni (fin, shved, venger) o‘qitishni rivojlantirish:
- Ilmiy tadqiqotlarda qo‘shma rahbarlik qilish va maqolalarni birgalikda chop etish;
- Tarmoqlararo ta’lim dasturlarini amalga oshirish. Shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan boshqa dolzarb masalalar ham e’tibordan chetda qolmadi.

 

 

Mazkur uchrashuv ikki universitet o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni mustahkamlash, yangi tashabbus va loyihalarni amalga oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube