Safar oldidan uchrashuv o‘tkazildi

2026-yil 26–31-yanvar kunlari Koreya Respublikasining Jeju milliy universitetida tashkil etiladigan sun’iy intellekt bo‘yicha “JejuNextGen AI Future Leaders Camp” xalqaro o‘quv dasturida ishtirok etish uchun Ingliz filologiyasi fakulteti dekani, guruh rahbari Azammov Yusufjon rahbarligida 9 nafar talaba bilan safar oldidan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda safar bilan bog‘liq tashkiliy masalalar, dastur doirasidagi o‘quv mashg‘ulotlari, kun tartibi hamda xavfsizlik qoidalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, uchrashuvda ishtirok etgan xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov talabalarga Koreya Respublikasida bo‘lish jarayonida O‘zbekiston va O‘zDJTU haqida taqdimotlar o‘tkazish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan ma’lumot berish, shuningdek, kelgusidagi ilmiy faoliyat uchun zarur materiallar to‘plash va tajriba almashishga alohida e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi.

Mazkur uchrashuv ishtirokchilarni safarga puxta tayyorlash hamda xalqaro maydonda universitet va mamlakatimiz nufuzini munosib tarzda namoyon etishga qaratildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube