#oʻz_maqsadlaringni_bil
Ichki turizm – ma’naviy targ‘ibot maydoni
Turizm industriyasi, xususan, ichki turizm yurtimiz iqtisodiyotining muhim tarmog‘i hisoblanadi. Mamlakatimizning har bir hududi o‘ziga xos turistik jozibaga ega. Qadim o‘tmishdan so‘zlovchi tarixiy yodgorliklarni ko‘rish, boy merosimizni o‘rganish har bir kishida milliy o‘zlikni anglash, an’ana va qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini shakllantiribgina qolmay, o‘z Vatani tarixini bilishga, ajdodlar merosini o‘rganish orqali shu yurt farzandi ekanligidan faxr, g‘urur tuyg‘ularini rivojlantiradi.
Jumladan, OʻzDJTU Ingliz tili 2-fakulteti tyutori Mashkura Saidova oʻziga biriktirilgan 2301-2310-guruh talabalari bilan Sharq gavhari boʻlmish Samarqand shahrida boʻlib qaytishdi.
Sayohat davomida, talabalar Imom Buxoriy ziyoratgohi, O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov maqbarasi, Registon maydoni hamda yangi tashkil etilgan xiyobonlarda madaniy hordiq chiqarishdi.