SPIN-OFF KORXONALARINI TASHKIL ETISH: ILG‘OR TAJRIBA O‘RGANILDI

SPIN-OFF KORXONALARINI TASHKIL ETISH: ILG‘OR TAJRIBA O‘RGANILDI
 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatda yangi ishlanmalar asosida ishlab chiqarishni tashkil etish tizimini joriy qilish hamda ilm-fanni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2026-yil 4-apreldagi PF–54-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 15-apreldagi 141-son buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida yangi ishlanmalarga asoslangan spin-off korxonalarini tashkil etish va innovatsion loyihalarni tijoratlashtirish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda.



Shu yo‘nalishdagi ishlarni yanada rivojlantirish, spin-off va startap ekotizimini shakllantirish borasida ilg‘or tajribaga ega oliy ta’lim tashkilotlari faoliyatini o‘rganish hamda o‘zaro tajriba almashish maqsadida 3–4-avgust kunlari Farg‘ona davlat texnika universitetiga xizmat safari amalga oshirildi.

Unda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i K. Muradkasimova, Ilmiy va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i F. Abdullayeva, Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Sh. Ismatova hamda Ilmiy innovatsion loyihalar va ishlanmalar muhandisi S. Ismoilov ishtirok etdi.

Tashrif doirasida Farg‘ona davlat texnika universitetining tegishli mutaxassislari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, spin-off korxonalarini tashkil etish va rivojlantirish, startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish hamda universitet va biznes sektori o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or tajribalar o‘rganildi.

Muloqotlar davomida mazkur yo‘nalishlarda samarali mexanizmlarni joriy etish, tajriba almashish va istiqboldagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube